O‘zbekiston | 19:27 / 13.09.2018
15398
5 daqiqa o‘qiladi

Xorijda vaqtincha ishlash uchun fuqarolarni uyushgan holda tanlash tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga tanlash faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab etilmaydi.

Xodimlar yagona ma'lumotlar bazasi talabgor to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi: F.I.O., pasport ma'lumotlari, tugilgan sanasi va yili, yashash joyi, telefon raqamlari, ma'lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, boshqa ko‘nikmalari, fotosuratlari.

Quyidagilar ma'lumotlar bazasiga kiritiladigan axborot manbalari hisoblanadi:

talabgor tomonidan mustaqil tarzda kiritilgan axborot;

talabgorning roziligi bilan yuboruvchi tashkilot tomonidan kiritilgan axborot;

talabgorning roziligi bilan bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan kiritilgan axborot.

Talabgorning tegishli talabiga ko‘ra, shaxsiy ma'lumotlar haqidagi axborot uchinchi shaxslar uchun yopiq bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining talabgorlarini xorijda ishga ish beruvchilar reyestriga kiritilgan ish beruvchilar bilan birgalikda joylashtirish tavsiya etiladi.

Xorijiy ish beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar:

Agentlikdan;

Agentlikka ushbu Nizomga muvofiq shakl bo‘yicha yuborilgan talabnoma asosida bir ish kuni davomida yuboruvchi tashkilotlardan va O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesidan olingan axborot asosida Ish beruvchilar reyestriga kiritiladi.

Ish beruvchilar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda Agentlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

Ish beruvchilar reyestriga kiritilmagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ham, ishga joylashtiriladigan davlatlarda ham avval mehnat to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlarini buzgan xorijiy ish beruvchilar uchun talabgorlarni xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash tavsiya etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesi doimiy asosda:

mehnat migrantlarini boshqa mamlakatlarda ishga joylashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida axborot to‘playdi;

bo‘lajak ish beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi;

xorijiy ish beruvchining oldiga borib, mehnat shartnomasi shartlarini, mehnat migranti mehnat qilish va yashash shart-sharoitlarini batafsil tekshiradi;

Ish beruvchilar reyestrini va bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi axborotni tegishli veb-saytlarga joylashtiradi.

Yuboruvchi tashkilot talabgorlarni ularning ma'lumotlar bazasi, uz marketing ishlanmalari asosida xorijiy ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha tanlaydi.

Yuboruvchi tashkilot, zarurat bo‘lsa, talabgordan uning malakasini va chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni so‘rash huquqiga ega.

Tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, yuboruvchi tashkilot talabgorga malaka va chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun tegishli kurslardan o‘tishni tavsiya qilish huquqiga ega.

Yuboruvchi tashkilot xorijiy ish beruvchi bilan tegishli kelishuvlarga erishgach, ishga joylashtiriladigan davlatga talabgorlarni yuborish uchun guruh tuzadi.

Talabgorlar uchun qulay shart-sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida yuboruvchi tashkilot temir yo‘l, avia va avtotransportga yo‘l chiptalarini bron qiladi va xarid qiladi.

Talabgorlarni respublikadan tashqarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga xavfsiz kuzatib qo‘yish, yo‘lda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida talabgorlar tegishli litsenziyaga ega tashuvchilar orqali yuboriladi.

Talabgorlar ishga joylashtiriladigan davlatga xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda, yuboruvchi tashkilotning xodimi hamrohligida guruh bo‘lib jo‘natiladi.

Belgilangan joyga kelgach, yuboruvchi tashkilot talabgorlar ishga joylashtirilgunga qadar ularni zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi (patent, kirish yo‘riqnomasi, yashash, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va hokazo.)

Mavzuga oid