Sport | 08:44 / 13.09.2018
39683
2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqdi

Foto: Videodan kadr

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov videomurojaat bilan chiqdi, unda u Black Star leybli asoschisi Timati va MMA jangchisi Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi mojaroga izoh berdi. Videoyozuv Timatining instagramida e'lon qilingan.

Yozuvda Qodirov «bema'nilik bilan shug‘ullanmaslikka» chaqirgan hamda birodar dog‘istonliklar bir-birini xafa qilmasligi kerakligini eslatib o‘tgan.

«Biz o‘zimizda tartib o‘rnatamiz - terrorchilar ham, gastrolchilar ham, boshqasi ham kelmaydi. Bizga mehmonlarning tashrif buyurishi muhim, Kavkazni, turizmni rivojlantirishimiz kerak. Shuning uchun, kelinglar, do‘st bo‘lib yashaymiz», - deya ma'lum qildi Qodirov.

Shuningdek, Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, «Habib vaznini yo‘qotmoqda, u asabiylashmoqda. Shuning uchun uni tushunsa bo‘ladi». Videoga «Kim tushunmagan bo‘lsa, o‘sha tushunadi» yozuvi ham qo‘shimcha qilingan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Black Star (@timatiofficial) on

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedovni tanqid qilganlar «quturgan itlar» bilan taqqoslangandi

Mavzuga oid