Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbektelekom» va «MTS» 5 yil o‘tib xalqaro telefon trafigi almashinuvi uchun ovoz aloqasini tikladi
Besh yildan so‘ng «O‘zbektelekom» va «MTS» PJSC (Rossiya Federatsiyasi) xalqaro telefon trafigi almashinuvi uchun ovoz aloqasini (tarmoqlararo ovozli aloqani) tikladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
«Tarmoqlarning o‘zaro aloqasi telefon aloqasining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va mamlakatlarimiz o‘rtasida ovozli trafikni vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon beradi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu «O‘zbektelekom» AK va «MTS» PJSC o‘rtasidagi hamkorlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
MTS O‘zbekistonda 2016 yilgacha ishlagan, o‘shanda Universal Mobile Systems (UMS) qo‘shma korxonasidagi 50,01 foiz miqdoridagi ulush O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» Davlat unitar korxonasiga sotib yuborilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 03.11.2023
“O‘zbektelekom” AKda IPO joylashtirish doirasida biznes uchrashuv o‘tkazildi
17:32 / 28.03.2023
O‘zbekistonda 5G Apple smartfonlarida
21:39 / 10.03.2023
O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi
08:09 / 08.02.2023