Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi
2018 yil 9 sentabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchilar O.X. va Yo.M. “Ergashxon” xususiy korxonasi hududida o‘zaro janjal sabab Mundiyon qishlog‘ida yashagan M.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganlar.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada M.A. sog‘lig‘i yomonlashib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 13 sentabr kuni vafot etgan. O.X. va Yo.M. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025