Ostona aeroportiga qo‘ngan samolyotda yong‘in chiqdi
«Eyr Astana» aviakompaniyasining Atiraudan Ostonaga parvozni amalga oshirgan Airbus A320 samolyoti aeroportga qo‘nganidan so‘ng dvigatelida yong‘in chiqdi. Ushbu hodisa tasvirlangan lavha Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, laynerning chap dvigatelida yengil yong‘in kelib chiqqan va aeroport yong‘in xavfsizligi xizmati uni o‘chirgan.
Xabar qilinishicha, hodisa yuz bergan paytda samolyotda 91 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.
«Aviakompaniya injyenerlik xizmati dvigateldagi nuqsonni aniqlamoqda, shundan so‘ng surishtiruv olib boriladi», — deb ma'lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Mavzuga oid
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
08:55 / 23.11.2024
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23:39 / 20.11.2024
Toshkentda restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqdi
14:01 / 15.11.2024