Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hemilton Singapur Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
“Mersedes” jamoasi poygachisi Lyuis Hemilton “Formula-1”ning 15-bosqichi – Singapur Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Hemilton mavsumdagi 7- va faoliyatidagi 69-g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hemilton belgilangan masofani 1 soat 51 daqiqa 11,161 soniyada bosib o‘tgan. Marraga ikkinchi bo‘lib Maks Ferstappen (“Red Bull” a'zosi, Hemiltondan 8,961 soniya ortda qolgan), uchinchi bo‘lib Sebastyan Fettel (“Ferrari”; +39,945 soniya) yetib kelgan.
Konstruktorlar bahsida Mercedes yetakchilik qilmoqda (415 ball), 2-o‘rinni Ferrari (390), 3-o‘rinni Red Bull (248) egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqichi Rossiyaning Sochi shahrida 28-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025