Xitoyda «Mangxut» tayfuni tufayli xavfsizlikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi
Xitoylik sinoptiklar «Mangxut» tayfuni yaqinlashishi munosabati bilan xavfsizlikning eng yuqori - «qizil» darajasi haqida e'lon qilishdi. Sinxua agentligi shu haqida xabar berdi.
Xitoy meteorologiya markazi (XMM) ma'lumotlariga ko‘ra, tayfun yakshanba kuni kunduzi yo kechqurun Guandun provinsiyasidagi Chjuxay va Chjantszyan shaharlari o‘rtasidagi qirg‘og‘iga keladi, shamol tezligi 45-52 m/s bo‘lishi kutilmoqda.
XMM yaqinlashayotgan tabiiy ofat sababli mahalliy hukumat vakillarini zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Meteorologlar tayfun kuchli shamol va sel yomg‘irlari bilan namoyon bo‘lishidan ogohlantirishmoqda.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025