Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada muxlislar otlarning oyoqlari tagida nobud bo‘lishdi
Afrika Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan Angolaning «Primeyru di Agoshtu» va Kongoning «Mazembe» klublari o‘rtasidagi bahs fojia bilan tugadi.

15 sentabr kuni Luanda shahrida o‘tgan bellashuvda ko‘plab muxlislar stadionning yopiq darvozasi oldiga to‘planib qolishgan. Natijada tiqilinch yuzaga kelgan. Darvoza ochib yuborilgach esa tashqariga yopirilgan odamlar politsiya otlarining oyoqlari ostida qolib ketishgan.

Natijada, kamida 5 nafar odam halok bo‘lgan va 7 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Angola sport federatsiyasi xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berib yuborilgan.
Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
16:24 / 06.02.2025