Jahon | 13:10 / 18.09.2018
3859
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Xeylining KXDR bo‘yicha aytgan so‘zlari noto‘g‘ri tarjima qilingani uchun uzr so‘radi

Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS

BMT AQShning doimiy vakili Nikki Xeylining KXDR rahbarining akasi Kim Chen Nam o‘limi haqida aytgan gaplari tashkilot rasmiy tarjimoni tomonidan noto‘g‘ri tarjima qilingani uchun uzr so‘radi.

"Bu hech shubhasiz tarjimadagi xatolik bo‘lganligini tasdiqlayman, - dedi bosh kotibning vakili Steffan Dyujarrik TASS bilan suhbatda. – Biz bu insoniy xato uchun uzr so‘raymiz. Tarjimonlar tig‘iz ishlashadi va ayniqsa ularda chiqishlarning matni bo‘lmaganida ish yanada murakkablashadi".

Tarjimonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning akasi o‘limiga Rossiya aloqador deb ayblagandi. 

BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi chiqishida AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli "Shimoliy Koreya Kim Chen Namni asabni falaj qiluvchi VX  moddasi yordamida o‘ldirganida AQSh Shimoliy Koreyaga kimyoviy va biologik qurollar yetkazib berilishi ustidan BMT nazorati kuchaytirilishini so‘ragan"ligini aytgan. "Rossiya xavfsizlik kengashida fikrimizga qo‘shildi, ammo keyin qo‘mitada Shimoliy Koreyada ommaviy qirg‘in quroli yaratilishining oldini oluvchi 12 yillik sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritilishini blokladi", -degan u.

Tarjimon esa Xeylining so‘zlarini "KXDR Kim Chen Namga nisbatan qotillikni biologik moddani Shimoliy Koreyaga bergan Rossiya yordamida amalga oshirgan", deb tarjima qilgan.

Kim Chen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan. Uning terisida xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan VX zaharli moddasi izlari aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid