Ferrari ikkita kollektsion modelini taqdim qildi
Ferrari markasining yangi rahbari Lui Keri Kamileri VIP-mijozlar uchun mo‘ljallangan yopiq marosimda markaning cheklangan miqdorda ishlab chiqariladigan ikkita yangi eksklyuziv modeli – Monza SP1 va Monza SP2’ni taqdim qildi.
Ushbu modellar o‘zidan tomsiz va old oyna o‘rniga kichik to‘siq bo‘lgan sport avtomobillari – barkettni aks ettiradi. Mashinalar Ferrari 812 Superfast superkari negizida qurilgan, biroq kuzov dizayni 1950-yillardagi poyga “Ferrari”lari uslubida bajarilgan. Modellar nomidagi SP yozuvi odatdagidek Special Projekt – “Maxsus loyiha” deganini, 1 va 2 raqamlari esa mashinadagi o‘rindiqlar sonini anglatadi.
Mashinalar kuzovi ugleplastikdan ishlanganiga qaramay, ularni 1525 kg keladigan 812 Superfast’dan yengilroq deb bo‘lmaydi: Monza SP1’ning og‘irligi 1500 kgni, SP1’niki esa 1520 kgni tashkil qiladi. Mashinalarda 810 ot kuchiga ega 6,5 litrli, 12 silindrli motor o‘rnatilgan.
Mashinalarning dinamik ko‘rsatkichlari 812 Superfast’nikiga nisbatan umuman o‘zgarmagan: modellar turgan holatdan 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada, 200 km/tezlikka esa 7,9 soniyada erishadi. 812 Superfast’ning maksimal tezligi 340 km/soatni tashkil qiladi, yangi modellar uchun esa bu ko‘rsatkich “300 km/soatdan ko‘proq” deb mavhum tarzda ko‘rsatilgan. Modellar cheklangan miqdorda – 100 donadan ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
12:55 / 03.08.2024
Dunyoga mashhur Ferrari – poygachi tashkil etgan kompaniya qanday rivojlangandi?
23:27 / 14.11.2023