Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lovchi va haydovchining o‘zaro janjali pichoq urish bilan tugadi
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 sentabr kuni “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi A.A. tanishi O.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida “Vaxim” MFY hududiga yetib kelganlarida A.A. o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal sabab O.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada O.A. kasalxonaga yotqizilib, A.A. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025