Amazon kassir va sotuvchilari bo‘lmagan 3 mingta do‘kon ochmoqchi

Foto: flickr.com/Ian Withnall
Dunyodagi eng yirik internet-reteyler Amazon 2021 yilgacha 3 mingtaga yaqin do‘kon va fastfud nuqtalarini ochmoqchi. Ularda kassir va sotuvchilar bo‘lmaydi, xarid esa smartfon uchun dastur yordamida amalga oshiriladi.
AQShda bunday Amazon Go do‘konlaridan bir nechtasi faoliyat yuritmoqda. Uzoq davom etgan sinovlardan keyin ulardan birinchisi Sietlda, keyinroq shu shaharda yana ikkita va Chikagoda bitta shunday do‘kon ochilgan. Biroq ulardan faqat ikkitasida mahsulotlar sotiladi, qolgan ikkitasida faqatgina sendvich, salat va gazaklar taklif qilinadi.
Do‘konga kirish uchun smartfonda dasturga ega bo‘lish va uni maxsus o‘qish qurilmasi oldiga olib borish kerak. Xaridlar peshtaxtalarda o‘rnatilgan skanerlar yordamida nazorat qilinadi. Mahsulotni joyiga qo‘yib, undan voz kechish mumkin. Xarid uchun pul esa do‘kondan chiqish vaqtida hisob raqamdan yechib olinadi.
Yaqin kelajakda bunday tarmoqning ochilishi haqidagi yangilik AQShning eng yirik savdo tarmoqlari aksiyalari narxi tushishiga sabab bo‘lgan: Walmart aksiyalari 0,6 foizga, Target’niki 1,5 foizga, Kroger’niki esa 3,1 foizga arzonlab ketgan.
Joriy yozda Bloomberg nashri Amazon egasi va asoschisi Jyeff Bezosni tarixdagi eng badavlat inson deb atagan. Uning boyligi 150 mlrd dollardan oshib ketgan. Unga qarashli kompaniya kapitallashuvi esa trillion dollardan oshgan.
Mavzuga oid

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi

13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi

07:50 / 29.04.2025