Jahon | 08:40 / 20.09.2018
9861
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik Jorj Bush Makedoniya fuqarolariga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: AP

AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bush Makedoniya xalqiga murojaat qildi va ularni mamlakat nomi o‘zgarishiga olib keluvchi Gretsiya bilan kelishuv uchun ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda Gretsiyaning «Vima» gazetasi yozmoqda.

30 sentabr kuni Makedoniyada mamlakat nomini o‘zgartirish to‘g‘risida referendum o‘tkaziladi. Agar fuqarolar bu qarorni qo‘llab-quvvatlashsa, mamlakat NATO va Yevropa ittifoqiga (YeI) kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Vima»ning ta'kidlashicha, Bush bu jarayonga «aralashdi» hamda mamlakat aholisini nom o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

«Men barcha makedoniyalik fuqarolarni bu tarixiy qarorda ishtirok etishga va umumxalq referendumida ovoz berishga chaqiraman», - deya Bushning Makedoniya aholisiga murojaat bilan chiqqan maktubini e'lon qilgan gazeta.

Bushning fikricha, Makedoniyaning NATO va YeIga a'zo bo‘lishi mamlakatni «yorqin kelajakka» olib keladi. Shuningdek, sobiq prezidentning qayd etishicha, 2004 yilda Makedoniyani konstitutsiyaviy nomni o‘zgartirishga chaqirganidan faxrlanadi.

Mavzuga oid