O‘zbekiston | 08:01 / 20.09.2018
11767
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev auditorlik faoliyatidagi kamchiliklarni belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Hujjatda qayd etilishicha, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan: 

birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma'muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda; 

ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda; 

uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta'minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda; 

to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta'sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti; 

beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume'tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta'minlamayapti. 

Mavzuga oid