Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matbuot va axborot agentligi huzurida Xurshid Do‘stmuhammad raisligida Jamoatchilik kengashi tuzildi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida taniqli jurnalist, noshir va matbaachilardan iborat Jamoatchilik kengashi tuzildi. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifasi matbuot va axborot sohalariga doir qonunchilik ijrosini ta'minlashda ishtirok etish, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
Yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar nashr etilishi to‘xtamayotgani, respublikaning chekka hududlarida kitob do‘konlari va kutubxonalar mavjud emasligi, borlarida ham kitoblar yetishmasligi bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Qonun talablarini buzayotgan “tadbirkor”larga tanbeh berish, ularni tartibga chaqirish, soha faoliyati bilan bog‘liq og‘riqli nuqtalarni o‘rganish, kerakli tavsiyalarni ishlab chiqishni 14 nafar jurnalistika, filologiya, noshirlik, matbaachilik va kutubxonachilik sohasining ustunlaridan iborat tarkibdagi Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga olmoqda.
Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa korxonalari, axborot-kutubxonalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlash uchun “ko‘prik” vazifasini ham o‘taydi.
Jamoatchilik kengashiga jurnalist va yozuvchi, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad raislik qiladi. Kengashdan, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Jabbor Razzoqov, Ahmadjon Meliboyev, olim Omonulla Madayev, Saydi Umirov, taniqli adabiyotshunos Bahodir Karimov, kutubxona faxriysi Abdusalom Umarov va boshqalar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024
Kozim To‘laganov Qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi
11:35 / 03.08.2024