Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Matiz”ni haydab qochgan shaxs “Lasetti”ni ham olib qochgani ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 20 sentabr kuni noma'lum shaxs Yangi Beltepa dahasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan A.U.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani haydab qochgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Shukur Burhonov ko‘chalari chorrahasida ushlanib, ushbu jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi muqaddam sudlangan O.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Tergov jarayonida ushbu shaxs shu yil 15 sentabr kuni Yunusobod tumanida Yunus ota ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan H.A.ga tegishli “Lasetti” avtomashinasini ham haydab qochganligi ma'lum bo‘ldi. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Sergeli tumanida joylashgan avtomashina bozori hududidan texnik soz holda topilib egasiga qaytarilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025