Fuqaro qonuniy chora ko‘rmaslikni so‘rab pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yil 20 sentabr kuni tuman IIB xodimi o‘z rahbariga axborot berib, unda shu yil 18 sentabr kuni Chiroqchi tumani Oqtunli qishlog‘ida yashovchi S.A. o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomaga muvofiq chora ko‘rmaslik va jarima maydonchasidagi avtomashinasini chiqarib berish hamda “S.Murodov” MFY hududidan paxta mahsulotlarini Chiroqchi tumaniga olib chiqib ketishida unga yordam berishini so‘rab, evaziga 400 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.A. xodimga xizmat xonasida 400 ming so‘m pulni pora sifatida berayotganida ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:57
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
11:33 / 15.11.2024