Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter» oxirgi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Fiorentina» ikkinchi o‘ringa chiqib oldi
Milanning «Inter» klubi A Seriyaning 5-turi doirasida «Sampdoriya» klubiga qarshi o‘ynadi. Genuyadagi «Luidji Ferraris» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona golni xorvatiyalik yarimhimoyachi Marselo Brozovich ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada urdi.
Endilikda «Inter» ochkolari sonini 7taga yetkazgan holda Italiya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda joylashgan, «Sampdoriya» 7 ochko bilan — 8-o‘rinda.
Keyingi turni «Inter» 25 sentabr kuni o‘z maydonida «Fiorentina»ga qarshi o‘tkazadi, «Sampdoriya» 26 sentabr kuni «Kalyari» mehmoni bo‘ladi.
Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Fiorentina» SPAL ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Florentsiyadagi «Artemio Franki» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 3 gol urishdi.
Birinchi bo‘limda himoyachi Nikola Milenkovich va forvard Marko Pyatsa o‘z nomlarini tabloga yozdirishgan bo‘lishsa, ikkinchi bo‘limda yarimhimoyachi Federiko Keza jamoasi ustunligini mustahkamladi.
«Fiorentina» endilikda 10 ochko to‘plagan holda Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, SPAL 9 ochko bilan — to‘rtinchi o‘rinda.
«Parma» esa bu turda «Kalyari»ni mag‘lub etdi. Parmadagi «Ennio Tardini» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yinning 20-daqiqasida forvard Roberto Ingleze jamoasini oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘lim boshida Jyervino ikkinchi golni urdi.
Qatorasiga ikkinchi g‘alabasini nishonlagan «Parma» ochkolari sonini 7taga yetkazgan va oltinchi o‘ringa joylashgan, «Kalyari» 5 ochko bilan — 13-o‘rinda qolmoqda.
Italiya chempionati
5-tur
Fiorentina – SPAL 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Pyatsa, 2:0 – 28 Milenkovich, 3:0 – 56 Keza.
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Petstselya, Vitor Ugo, Biragi (Gantsko, 46), Benassi, Veretu, Jyerson, Keza (Miralyas, 66), Simeone, Pyatsa (Esserik, 77).
SPAL – Gomis, Chonek, Vikari (Shimich, 57), Felipe, Ladzari, Kurtich, Skyattarella, Missiroli (Valoti, 66), Fares, Petanya (Paloski, 76), Antenuchchi.
Ogohlantirishlar: Biragi (33), Skyattarella (55), Kurtich (73).
Sampdoriya – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Brozovich.
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Tonelli, Andersen, Murru, Prat (Barreto, 59), Ekdal, Linetti (Yankto, 59), Ramires (Sala, 90), Defrel, Kualyarella.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Asamoa, Vesino, Brozovich, Politano (Perishich, 60), Nainggolan (Valero, 83), Kandreva (Keyta Balde, 70), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Linetti (6), Miranda (20), Valero (90), Defrel (90), Tonelli (90).
Parma – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Ingleze, 2:0 – 47 Jyervino.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Galolo, Dimarko, Rigoni, Shtulats, Barilla, Jyervino (Gobbi, 86), Ingleze (Cheravolo, 74), Di Gaudio (Deyola, 65).
Kalyari – Krano, Srna, Romanya, Klavan, Likoyannis, Ionitse (Kastro, 60), Bradarich (Chigarini, 78), Barella, Joao Pedro, Cherri (Farias, 60), Sau.
Ogohlantirishlar: Galolo (31), Sau (34), Barilla (69).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025