Jahon | 14:01 / 24.09.2018
4195
1 daqiqa o‘qiladi

Ahvozdagi teraktga aloqadorlikda gumonlanib bir necha kishi qo‘lga olingani xabar qilindi

Foto: EPA

Eron axborot vaziri (mamlakat maxsus xizmati — tahr.) Mahmud Alaviy Ahvozdagi harbiy paradda amalga oshirilgan terrorchilik harakatiga aloqador bir necha kishi qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.

"Axborot vaziri Mahmud Alaviy Ahvozdagi harbiy paradda sodir etilgan terrorchilik hujumiga aloqadorlikda gumonlangan bir necha kishi qo‘lga olingani haqida xabar qildi", — deyiladi agentlikning Twitter sahifasida. 

Ahvozdagi terakt 22 sentabrda sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, parad ishtirokchilarining jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi yaralangan. Terakt uchun javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan aloqaga ega bo‘lgan “Ahvozdagi vatanparvar arab demokratik harakati” o‘z zimmasiga olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid