Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi
Olmaliq shahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur ta'lim dargohida respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.
2018-2019 o‘quv yilining kunduzgi bo‘limi uchun «Tog‘ ishi», «Metallurgiya», «Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda boshqarish» yo‘nalishlarida 150 nafar talaba qabul qilindi.
Ushbu oliy ta'lim dargohida ta'lim berish jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bo‘lgan rossiyalik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.



Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi
17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi
17:27 / 12.02.2025