Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda departamentning tuman bo‘limi boshlig‘iga oylik «dolya» taklif qilgan bozor direktori ushlandi
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi boshlig‘i R.E.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E. bozor hududida sotiladigan go‘sht mahsulotlarini haqiqiy miqdorini va bozorning kunlik patta tushum pullarini hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga bo‘limi boshlig‘i R.E.ga har oyda 1500 AQSh dollari “pora” berishni taklif qilib, shundan 550 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ direktori N.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025