Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda ko‘chalarni yoritish tartibga solinadi
Poytaxt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozishicha, biror-bir tashkilotning balansida hisobda turmagan ko‘chalarni yoritish obektlari ro‘yxati tuzildi. Shahar bo‘yicha 7 147 ta yoritish uskunasi va 289,5 km tarmoq shundaylar sirasidan ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Egasiz obektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanishi hamda ulardan lozim darajada foydalanilishini va saqlanishini ta'minlaydigan «Toshshaharnur» DUK balansiga o‘tkazilishi taklif etilmoqda. Ishlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln so‘m.
Bundan tashqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik tashqi yoritish havo elektr liniyalarini o‘zini tutib turuvchi izolyatsiyalangan simlarga almashtirish taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln so‘mni tashkil qiladi (mo‘ljaldagi buyurtmachi – «Toshshaharnur» DUK).
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025