O‘zbekiston | 18:50 / 26.09.2018
12172
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Qoratosh» fabrikasi sotuvga qo‘yildi 

Toshkentdagi «Qoratosh» fabrikasi sotuvga qo‘yildi. Bundan E-ijro Auksion ma'lumotlari darak beryapti.

Foto: E-ijro Auksion

Korxona Shayxontohur tumanidagi Furqat ko‘chasida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni - 0,58 ga., bino umumiy maydoni - 2318 kv.m.

Binoning qurilish osti maydoni - 0,124 ga., binoning foydali maydoni - 2133,51 kv.m. Elektr ta'minoti, suv, kanalizatsiya va gaz bor.

2005 yil qurilgan bino 23ta xonadan iborat.

Lot «Muruvvat Teks» MChJ tomonidan sotuvga qo‘yildi. Shu nomdagi fabrika ham auksionga qo‘yildi (72ta xonaga ega ikki qavatli bino 10,3 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotilmoqda).

Baholangan narxi - 12,6 mlrd so‘m. Zakalat puli miqdori (5%) - 633 mln.

Arizalar 24 oktabrga qadar qabul qilinadi. Auktsionning o‘zi 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: E-ijro Auksion
Foto: E-ijro Auksion

Mavzuga oid