Jahon | 13:40 / 27.09.2018
8552
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp NYT jurnalisti bilan g‘avg‘o boshladi

Foto: The New York Times

Amerika prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani vaqtida The New York Times gazetasi jurnalisti bilan mojaroga kirishib ketdi. Ro‘y bergan hodisa haqida gazetaning o‘zi yozgan.

Ta'kidlanishicha, davlat rahbari nashr jurnalistiga savol bilan murojaat qilishga imkon bergan. Trampning qayd etishicha, buni «avval o‘zi yoqtirgan gazetaga hurmatini bildirish uchun» qilgan. Bunga javoban jurnalist gazeta «egilgan holda» rivojlanib borayotganini aytib o‘tdi.

«Buning uchun janob Trampga rahmat deng», - deya bildirib o‘tdi Tramp.

Jurnalist mamlakat prezidentiga minnatdorlik bildirmay qo‘ya qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kanada bosh vaziri bilan nega uchrashishdan bosh tortgani aytilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid