G‘azoda 7 oktyabrdan beri 34 jurnalist halok bo‘ldi
Isroilning Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga hujumi natijasida «Al-Jazira» muxbiri Voil al-Dahduh, uning rafiqasi, o‘g‘li va qizi halok bo‘ldi.

Foto: Mohammed Zaanoun / ActiveStills
7 oktyabrdan beri Isroilning kuchli bombardimonlari va blokadadagi G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 34 jurnalist halok bo‘ldi.
G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, 23 kundan beri Isroilning shiddatli hujumiga uchragan G‘azo sektorida halok bo‘lgan jurnalistlar ismlarini e’lon qildi.
Bu hisobotga ko‘ra, shu kungacha 34 nafar falastinlik, jumladan 3 ayol jurnalist hujumlarda halok bo‘lgan, ko‘plab jurnalistlar yaqinlaridan ayrilgan.
26 oktyabr kuni isroilliklarning Nusayrat qochqinlar lageridagi uyga hujumi natijasida «Al-Jazira» muxbiri Voil al-Dahduh, uning rafiqasi, o‘g‘li va qizi halok bo‘ldi.
Livanlik jurnalist Isroil-Livan chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar chog‘ida isroilliklarning zarbasidan halok bo‘ldi.
Mavzuga oid

07:41 / 09.05.2025
G‘azodagi hukumat: Isroil falastinliklar izolyatsiyasi uchun lagerlar yaratishni rejalashtirmoqda

13:09 / 07.05.2025
Tramp: G‘azoda Hamas garovga olgan yana uch kishi halok bo‘ldi

09:44 / 07.05.2025
Kongressmen AQShni Falastindagi «genotsidga sheriklikda» aybladi

07:55 / 06.05.2025