Jahon | 09:53 / 27.09.2018
4986
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Azov dengizidagi bazaning vazifalari aytildi

Foto: Wikimedia

Ukraina hukumati Berdyanskda yil oxirigacha qurmoqchi bo‘lgan, Azov dengizidagi Ukraina yangi harbiy-dengiz bazasining asosiy vazifalaridan biri Rossiya mina tahdidini bartaraf etish bo‘ladi.

Bu Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtabi boshlig‘ining Yevroatlantik integratsiya bo‘yicha o‘rinbosari Andrey Rijyenko ma'lum qildi, deya xabar beradi «Gromadske» telekanali.

«Baza asosiy vazifasi - Azov dengizi portlarini himoya qilish va minalarga qarshi tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi, kemalar harakatlanishining xavfsizligini ta'minlash bo‘ladi», - dedi Rijyenko.

Bundan tashqari, uning aytishicha, Azov dengizida Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining «yon tomondan ko‘rish skanerlariga» ega bo‘lgan ikkita artilleriya zirhli kemasi ham bo‘ladi. Ular «minalarga qarshi tadbirlarni xavfsiz amalga oshirishda» qo‘l keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizi yaqinida harbiy mashqlar o‘tkazgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid