Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokat litsenziyasi uchun hujjatlar elektron shaklda qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Endi malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, an'anaviy shakllar (bevosita yoki pochta orqali) bilan bir qatorda, ularning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Har qanday holatda qabul qilingan hujjatlar ro‘yxati nusxasi talabgorga yuborilishi (topshirilishi) kerak.
Ro‘yxat o‘zgarmadi. Eslatib o‘tamiz, advokat litsenziyasiga talabgorlardan:
• malaka imtihonini topshirish to‘g‘risidagi ariza;
• pasportning nusxasi (faqat O‘zbekiston fuqarosi advokat bo‘lishi mumkin);
• oliy yuridik ma'lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
• mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
• talabgor to‘g‘risidagi ma'lumotlardan iborat bo‘lgan shaxsiy varaqa;
• talabgor stajirovka o‘tagan advokatlik tuzilmasi tomonidan berilgan tavsifnoma (ayrim talabgorlar stajirovka o‘tashdan ozod etiladi);
• 3 x 4 sm hajmdagi (so‘nggi 12 oy ichida olingan) 2 dona rangli fotosurat talab etiladi.
Yana bir yangilik - malaka imtihoni jarayoni internet tarmog‘ida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.
Biz avval advokatlik tuzilmalari o‘z hisobotlarini elektron shaklda maqbullashtirilgan shakllar bo‘yicha topshirishlari mumkinligi haqida yozganmiz. Shuningdek, Prezidentning 12.05.2018 yildagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5441-son Farmoni advokat maqomiga ega bo‘lish va advokatlar ishining tartibini jiddiy ravishda o‘zgartirgan.
Hujjat 25.09.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025