Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Isroil bir-birini yadroviy qurollarni yashirin ravishda ishlab chiqarishda ayblamoqda
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilni yadro qurolini maxfiy ravishda tayyorlashda aybladi. U Binyamin Netanyahu BMT minbarida turib, Tehronda maxfiy «atomli omborxona» mavjudligi aniqlangani haqida bergan ma'lumotga javob sifatida, isroilliklarning o‘zini ayblagan.
Zariy Isroil davlatini deklaratsiya qilmasdan yadroviy qurollar dasturini tashkil etgan yagona hudud sifatida atagan.
«Isroilning noqonuniy yadroviy dasturi xalqaro inspektorlar tomonidan fosh etilishi vaqti keldi», deya chaqiriq qilgan Zarif.
27 sentabr kuni Netanyahu Isroil razvedkasi Eron poytaxtida tonnalab yadro qurilmalari mavjudligini aniqlagani haqida xabar qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronda atom loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan 15ta yuk konteyneri mavjud. Siyosatchi o‘z so‘zlariga dastak sifatida sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarni namoyish etgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025