Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini cheklashni so‘radi
Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanchesning BMT Bosh assambleyasi 73-sessiyasigi nutqi davomida ma'lum qilishicha, Ispaniya, BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini cheklash tarafdoridir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bundan avval boshqa ikki davlat ham shunday taklif bilan chiqqandi - Fransiya va Meksika. Ular Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolarining veto huquqini cheklash mexanizmini tashkil etish taklifini berishgan, bu keng ko‘lamdagi jinoyatlar yuz berganida yordam beradi.
«Ispaniya BMT Xavfsizlik kengashidagi veto huquqidan foydalanishni cheklash bo‘yicha Fransiya-Meksika tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ommaviy shafqatsizliklar yuz berganida tegishli choralar ko‘rish uchun kerak», - dedi Sanches.
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida veto qo‘yish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti davlat BMTga Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:05 / 21.05.2025