Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi musulmonlarga qarshi jinoyatlar isbotlarini yig‘uvchi mexanizm joriy qilinadi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jyenevada o‘tgan 39-sessiyasida 2011 yil boshidan beri Myanmaning Rakxayn shtatida musulmon aholiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar isbotlarini yig‘ish bo‘yicha mustaqil mexanizm yaratilishi haqida rezolyutsiya qabul qilindi.
Hujjat bu shtatdagi voqealar xalqaro tergovini o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlashni ko‘zda tutadi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishiga Yevropa Ittifoqi va Islom konferensiyasi tashkiloti tashabbus bildirgan.
Myanmadagi voqealar bo‘yicha dokladda ta'kidlanishicha, mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Min Aun Xlayn va boshqa yuqori mansabdor harbiylar Rakxaynda rohingya musulmonlariga qarshi genotsid sodir etishgan. Doklad mualliflari ularni Xalqaro jinoyat sudiga topshirishga chaqirishmoqda.
1970-yillar boshidan Myanmadagi rohingya musulmonlari muntazam ravishda hujumlar va etnik tozalashlarga uchrab keladilar. Ularga qarshi hujumlar 2017 yil 25 avgustidan kuchayib, “qurollangan jangarilarga qarshi kurash” vaji ostida olib borilmoqda. Myanmalik musulmonlarning 80 foizi qo‘shni davlatlarda boshpana topishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
22:18 / 07.03.2023