Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV 45-avtobusdagi yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berdi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida shu yil 28 sentabr kuni Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi “Qo‘yliq ota” bekati oldida F.K. boshqaruvidagi 45-sonli “Boshliq dahasi - Qo‘yliq 2-daha” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi “Mersedes-bents” rusumli avtobusining motor qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in avtobusning yoqilg‘i tizimining nosozligi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Jarohat olganlar yo‘q.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
11:16 / 24.05.2025