Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqqo‘rg‘onda fuqaro 1 kilogrammdan ortiq “marixuana” bilan qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Tadbir davomida viloyatning Oqqo‘rg‘on tumani “Qahramon” MFY hududida joriy yilning 24 sentabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqaro J.I. 1 kg. 946,5 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxdagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 1,5 kilogrammdan ortiq marixuana topilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025