Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirishdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokarada savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilingan.
Hindiston ko‘p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi.
Mazkur sohalar rivojiga katta e'tibor qaratayotgan O‘zbekiston uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkordir.
Mavzuga oid
17:40 / 13.05.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga ultimatum e’lon qildi
20:54 / 12.05.2025
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi
11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
20:25 / 24.02.2025