Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi
31 mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat rahbarlarining birinchi uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Edil Baysalov Jyenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasining Oliy darajadagi segmentida ishtirokida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.
Avvalroq, 21 fevral kuni qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolangan va bir qator hujjatlar tayyorlangan edi:
- Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma;
- hukumatlar o‘rtasidagi energiya obektlari va suv resurslari bo‘yicha kelishuvlar;
- kesishgan yo‘llardan foydalanish va yangi yo‘llar qurish to‘g‘risida kelishuv.
Hujjatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolanishi uchun tayyorlandi.
Mavzuga oid
21:21 / 03.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashdi
20:20 / 31.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
18:54 / 31.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:58 / 31.03.2025