O‘zbekiston | 14:14 / 03.10.2018
73874
1 daqiqa o‘qiladi

Gulnora Karimovaning qizi: hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamaymiz

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 28 sentabr kuni Toshkentdan Londonga uchib ketgani xabar qilingandi.

Keyinchalik u Instagramʼdagi o‘z sahifasida shunday yozdi:

“Men ommaviy axborot vositalarining so‘rovlari soni va boshqalar narsalardan hayratga tushdim. Atigi ikki so‘zim tufayli... biz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz, hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni va shu yillar davomida boshimizdan o‘tgan barcha dahshatli voqealarni eslashni xohlamaymiz...”

Hozir u Londonda akasi bilan yashamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Gulnora Karimova va uning qizi haqida ma'lumot bergandi.

Qayd etilishicha, Imon Karimova O‘zbekistonni hech qanday to‘sqinliksiz tark etgan, Gulnora Karimova esa qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etmoqda.

Mavzuga oid