Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch nafar shaxs bir fuqaroni urib-tepib, o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazdi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yil 1 oktabr kuni B.Yu., J.Sh. va K.T. Sh.Rustaveli ko‘chasi oldida o‘zaro janjal tufayli N.U.ning tanasini turli joylariga urib-tepib, biqiniga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazganlar.
Natijada N.U. kasalxonaga yotqizilgan. B.Yu. va K.T. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025