Sport | 23:47 / 06.10.2018
8122
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Manchester Yunayted» 2ta gol orqada borayotib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Angliya Premer-Ligasi 8-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Manchester Yunayted» o‘z maydonida autsayderlardan biri «Nyukasl»ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa 1-bo‘limdan so‘ng, 0:2 hisobida orqada borayotgandi. Biroq, 2-bo‘limda vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «MYu» 13 ochko bilan 8-o‘rinda, «Nyukasl» esa 2 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.  

APL, 8-tur
Manchester Yunayted – Nyukasl 3:2
 
6 oktabr, «Old Trafford» stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Kenedi, 0:2 – 10 Muto, 1:2 – 70 Mata, 2:2 – 76 Marsial, 3:2 – 90 Sanches. 
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Mata, 19), Shou, Yang, Smolling, Maktomini (Fellayni, 46), Matich, Pogba, Marsial, Reshford (Sanches, 67), Lukaku.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Mankilo, Yyedlin, Fernandes, Ritchi, Diame, Shelvi, Kenedi (Merfi, 68), Peres (Xoselu, 88), Muto (Atsu, 78).
Ogohlantirishlar: Shou (45), Ritchi (58), Pogba (63), Diame (69).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid