Jahon | 09:39 / 06.10.2018
11273
1 daqiqa o‘qiladi

«Bi-bi-si»: Yelizaveta II Bukingem saroyini tark etadi

Foto: Reuters/Paul Childs

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ta'mirlash ishlari tufayli Bukingem saroyini tark etishga majbur bo‘ladi. Bu haqda «Bi-bi-si» rus xizmati» xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, binoni ta'mirlash ishlari 2025 yilda boshlanadi.

Ta'kidlanishicha, Bukingem saroyining tiklanishi taxminan 10 yil davom etadi.

Biroq, Yelizaveta II 2027 yilda o‘z qarorgohiga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daily Mirror nashri Yelizaveta II’ning omma bilan salomlashish uchun yog‘och richagga o‘rnatilgan sun'iy qo‘li borligi haqida xabar tarqatgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid