Jahon | 00:56 / 06.10.2018
4307
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada havoni tozalovchi avtobus harakatlanadi

Britaniyaning Go-Ahead transport operatori Sautgempton shahrida tomida havoni tozalovchi filtr bo‘lgan avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

Ta'kidlanishicha, avtobus tomida maxsus filtr o‘rnatilgan bo‘lib, u avtobus ketayotganida ifloslangan havoni to‘plab, filtrdan o‘tkazib, yana tashqariga chiqaradi. 

“Bu avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘ylab 10 metr balandlikkacha havoni tozalaydi. Faraz qiling, agar barcha avtobuslar shu texnologiyaga ega bo‘lsa, havo sifati uchun qancha o‘zgarishlar qila olgan bo‘lardik”, deb aytgan Go-Ahead ijrochi direktori Devid Braun.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid