Jahon | 08:13 / 06.10.2018
11579
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada havozalar ag‘darilishi oqibatida o‘zbekistonliklar jabrlandi

Moskva g‘arbida qurilish havozalarining ag‘darilishi oqibatida 8 kishi, jumladan 2 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.

5 oktabrda soat 11:15da “Snegiri” turar-joy majmuasidagi qurilish ishlari vaqtida qurilayotgan inshoot atrofida o‘rnatilgan havozalar qulab tushgan.

Olib borilgan tadbirlar davomida jabrlanganlarning shaxsi o‘rganilgan. Jumladan, baxtsiz hodisa oqibatida O‘zbekistonning 2 fuqarosi – Nurali Po‘latov va Malik Bo‘riyev jabrlangani aniqlangan. 

Jabrlanganlar S.P.Botkin va M.Ye.Jadkevich nomidagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid