Sport | 15:38 / 06.10.2018
11945
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya chempioni ichkilikbozlikka mukkasidan ketganini tan oldi

Foto: TASS

Amerikalik suzish ustasi, olti karra olimpiya chempioni Rayan Loxte spirtli ichimliklarga qaramlik bilan kurashish kursidan o‘tadi.

Loxte Kaliforniyadagi mehmonxonalardan birida yuz bergan hodisadan so‘ng shifokorlar bilan ishlashga rozi bo‘ldi. O‘shanda u mast bo‘lib, mehmonxonadagi o‘z xonasining eshigini buzib kirishga uringan, shuningdek, mehmonxonada yashayotganlar va xodimlar bilan nomaqbul munosabatda bo‘lgan. Mojaro natijasida politsiya xodimlari yetib kelishdi, ular chempionni tinchlantirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Vaziyat Loxteni muammolar bor ekanini tan olishga majbur qildi - suzuvchi Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun o‘z hayot tarzini o‘zgartirmoqchi.

«U professional yordamga muhtoj ekanini va shu zahotiyoq bunday yordamni qabul qilib olishini angladi», - deya ma'lum qildi suzuvchining advokati Jyeff Ostrou TMZ portaliga.

Bu amerikalikning mojaroli hodisalar xronikasida paydo bo‘lishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Xususan, 2016 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Loxte va AQShdan yana uch suzuvchi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ularni tunab ketishgani haqida xabar berishgandi. Surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, sportchilar mast bo‘lgan va Rio-de-Janeyrodagi AYoQShlardan birida mojaro keltirib chiqarib, so‘ng jazodan qochishga harakat qilishgan.

Mavzuga oid