Jahon | 08:31 / 06.10.2018
9399
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi unga Tramp bilan ishlash yoqishini aytdi 

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon unga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ishlash yoqishini aytdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Shahzoda bunday fikrni Tramp Saudiya Arabistoni AQSh ko‘magisiz 2 hafta ham dosh bera olmasligini aytgandan keyin bildirgan.

“Menga u bilan ishlash yoqadi. Shunday narsani hisobga olish kerakki, do‘sting yaxshi so‘zlar bilan birga yomon so‘zlarni ham aytishi mumkin”, deb aytgan shahzoda.

Muhammad bin Salmon Saudiya Arabistoni AQSh yetkazgan barcha qurolni bepul olmagani, barchasi uchun hisob-kitob qilganini ta'kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid