Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtosalon direktori ishdan bo‘shatildi: Rossiya kompaniyasi sobiq rahbari uning o‘rnini egalladi
GM Uzbekistan AJ «Namangan Avtotexxizmat» MChJ dilerlik korxonasiga avtomobil savdosi bo‘yicha ko‘chma tekshiruv amalga oshirilganini ma'lum qildi. Mazkur tekshiruv chog‘ida dilerlik korxonasi tomonidan mijozlar bilan ishlashda qo‘pol qoidabuzarlik va xatolarga yo‘l qo‘yilganligi namoyon bo‘ldi.
Xususan, avtomobillar savdosidagi tizimli ishlarni tashkil etish, o‘tkazilayotgan aksiyalarni shartlariga qat'iy rioya qilish, mijozlarga o‘z vaqtida tegishli ravishda ma'lumotlar taqdim etib borish, mijozlar uchun qulay sharoitlar mavjud emasligi, xodimlarning ishlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish holatlari mavjudligi, shuningdek call-markaz ishida ham doimiy uzilishlar aniqlangan.
Bundan tashqari avtosalon omborxonalarida sotib bo‘lingan avtomobillarning mavjudligi, shuningdek mijozlar ishtirokisiz imzolangan bir qator shartnomalar mavjudligi aniqlandi.
Tekshiruv natijasida ushbu korxonaning boshqaruv raisi ishdan olindi, uning o‘rniga mavjud xatolarni bartaraf etish va dilerlik markazini sifat va xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori darajaga ko‘tarishi lozim bo‘lgan yangi rahbar - Zohid Rustamovich Kamolov tayinlandi. Avval Zohid Kamolov Rossiyaning «Armada» xolding kompaniyasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Tekshiruvlar davomida aniqlangan barcha hujjatlar ekspertiza uchun Namangan viloyati huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan’ning Xorazmdagi filialida qator rahbar xodimlar ishdan olingandi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025