Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
55 soat vaqtni suv ostida o‘tkazgan misrlik qiz jahon rekordini yangiladi
Misrlik ayol ikki sutkadan ortiq vaqtni Aqaba ko‘rfazi tubida o‘tkazdi va shu tariqa akvalangda suv ostida o‘tkazilgan vaqt bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
14 yoshli rekordchi Riim Ashraf umumiy hisobda 55 soatni ko‘rfaz tubida akvalang bilan o‘tkazgan. U bir necha yildan beri dayving bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini dengizda o‘tkazishi hamda o‘z mahoratini charxlashi haqida aytgan. Qiz otasi - Misr harbiy-dengiz kuchlari ofitseri ta'siri ostida ushbu mashg‘ulotga qiziqqan.
U bir necha oy davomida Sharm Ash-Shayx kurort shahri yaqinida mashq qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng qiyini "suv ostida to‘g‘ri uxlashni o‘rganish" bo‘lgan.

Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
19:47 / 13.05.2025