Sport | 21:20 / 07.10.2018
5201
2 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi

«Atletiko» Ispaniya chempionatining 8-tur uchrashuvlari doirasida «Betis»ga qarshi o‘ynadi. Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.

O‘ta asabiy ruhda kechgan o‘yinning (hakam 8 marta cho‘ntagidan sariq kartochka chiqardi) 74-daqiqasida Korrea aniq harakat qilib, maydon egalariga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alaba evaziga «Atletiko» ochkolari sonini 15taga yetkazdi va turnir jadvalida birato‘la 4 pog‘ona yuqorilib, «Sevilya» (13), «Real» (14), «Alaves» (14) va «Barselona»ni ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqib oldi.

«Betis» 12 ochkosi bilan 7-o‘rinda joylashgan. «Barselona» tur doirasidagi uchrashuvini endi o‘ynaydi, «Valensiya»ga qarshi kechadigan o‘yin natijasiga ko‘ra, «Atletiko» birinchi o‘rindan tushib ketishi mumkin.

Keyingi turda madridliklar jamoasi «Vilyarreal» mehmoni bo‘ladi (20 oktabr), «Betis» «Valyadolid»ni qabul qiladi (21 oktabr).

Ispaniya chempionati
8-tur
Atletiko – Betis 1:0
 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Korrea.
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran (Aryas, 74), Lyuka Ernandes, Koke, Saul, Rodri Ernandes, Lemar (Korrea, 57), Grizmann, Kalinich (Parti, 66).
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo, Mandi, Kanales, Gerrero (Sanabriya, 81), Sanches (Telo, 66), Guardado (Vilyam Karvalyu, 17), Lo Chelso, Moron.
Ogohlantirishlar: Firpo (41), Xuanfran (47), Godin (58), Filipe Luis (77), Saul (78), Bartra (85), Lyuka Ernandes (88), Moron (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid