Jahon | 15:00 / 07.10.2018
4152
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi qutqaruv operatsiyasi 11 oktabrda tugaydi

Foto: EPA-EFE/HOTLI SIMANJUNTAK

Indoneziya hukumati 11 oktabr kuni zilzila va sunamidan jabrlangan Markaziy Sulavesi provinsiyasidagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasini tugallashni rejalashtirmoqda. Tabiiy ofatlar asoratlarini bartaraf etuvchi Milliy agentlik rasmiy vakili Sutopo Nugroxo yakshanba kuni shu haqida ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni 1763 nafarga yetgan. Nugroxo shuningdek Palu shahri (provinsiyaning ma'muriy markazi) chekkasidagi bir necha aholi punktlarida dom-daraksiz yo‘qolganlar soni 5 ming kishini tashkil qilishini qayd etdi. Ta'kidlash joizki, bundan avval Indoneziya tashqi ishlar vazirligining OAV bilan ishlovchi Axborot departamenti rahbari Ahmad Ramadan provinsiyadagi uylar va inshootlar qulaganidan so‘ng 152 mingdan ziyod kishi tiriklayin yer ostida qolgani haqida aytgandi. 

28 sentabr kuni Markaziy Sulavesida 7,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi, uning ketidan 360 dan ortiq aftershoklar qayd etildi. Kuchli yer osti silkinishlari sunamini keltirib chiqardi, to‘lqinlar balandligi 5-7 metrga yetdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid