Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In AQSh davlat kotibiga yadroviy poligon yo‘q qilinganini tasdiqladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuvda Pungiri yadroviy poligoni yo‘q qilinganini tasdiqladi va bunga ishonch hosil qilish uchun mamlakatga inspektorlarni taklif qildi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar AQSh prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi o‘rtasida bo‘lib o‘tajak ikkinchi sammitni muhokama qilishgan va “uning o‘tkazilishi joyi hamda sanasi variantlari”ni aniqlashtirib olishgan.
“Davlat kotibi Pompeo va rais Kim barcha guruhlarga Singapur bayonotidagi bandlarni amalga oshirish maqsadida qolgan masalalarni muhokama qilish uchun yaqin orada uchrashuv o‘tkazishni topshirishga kelishib olishdi”, deb aytilgan xabarda.
Uchrashuvda, shuningdek, AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha maxsus vakili Stiven Bigun, Koreya ishchi partiyasi markaziy qo‘mitasi direktori birinchi o‘rinbosari Kim Yo Chen ishtirok etgan.
Mavzuga oid
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi
22:44 / 04.05.2025