Sport | 16:30 / 07.10.2018
99177
2 daqiqa o‘qiladi

Konor Makgregor revansh olishni istamoqda

UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovdan revansh olish istagi haqida gapirdi.

«Jang yaxshi bo‘ldi. Ammo men uni sharmanda qilmoqchi edim. Endi revansh jang istayman», — deya yozgan Makgregor o‘z tvitterida.

Xabib Nurmagomedov jangning to‘rtinchi raundida Makgregorga qarshi bo‘g‘ish uslubini qo‘llab, g‘alabaga erishdi.

Jang yakunida dog‘istonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoasi a'zolari oktagon ichiga kirib Makgregorning o‘ziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan to‘xtatildi.

Hozirda Nevada shtati sport komissiyasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, qoidalarni buzgani uchun Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinishi va chempionlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, unga jang uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan gonorar tekshiruv yakunlangunicha muzlatib qo‘yilgan.

Mavzuga oid