Sport | 09:05 / 07.10.2018
5204
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» 21 asrda ilk bor qatorasiga 4 o‘yinda gol ura olmadi

Ispaniya chempionatining 8-turida Madridning «Real» klubi «Alaves»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu o‘yindan keyin madridliklar jamoasining golsiz o‘yinlari seriyasi 4 o‘yinni tashkil etmoqda. Klub bu o‘yinlarning 3tasida mag‘lubiyatga uchradi.

«Qirollik klubi» XXI asrda ilk marta bunday noxush seriya qayd etmoqda. «Real» bundan avval ichki chempionatda «Sevilya»ga 0:3, YeChL doirasida TsSKAga 0:1 hisoblarida yutqazgan, ichki chempionat doirasida «Atletiko» bilan durang o‘ynagan - 0:0. Madrid klubi avval shunday salbiy natijani 1982 va 1985 yillardagina qayd etishgandi.

«Real» mag‘lubiyatga qaramay, turnir jadvalida 2-o‘rinda qoldi. Klub keyingi tur doirasida 20 oktabrda o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid