Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»da jarohatlar sindromi. Beyl yangi mavsumda uchinchi bor jarohat oldi, Benzema ham safdan chiqdi
«Real»ning asosiy tarkib futbolchilari Garet Beyl va Karim Benzema Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Alaves»ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugagan uchrashuvni oxirigacha yetkaza olishmadi.
Benzema tanaffusdan keyin maydonga qaytmadi. Unda o‘ng oyog‘i bilan muammo yuzaga kelgan. Dushanba kuni u tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Beyl 80-daqiqada o‘zini yomon his qila boshlagani uchun almashtirildi.
Uelslik bu futbolchi mavsum davomida bungacha ikki marta jarohat tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi. U sentabr oyida «Atletik»ka qarshi o‘yinda maydondan olingan va keyingi turda «Espanol»ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam bera olmagandi. Sentyabr oyi oxirida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda jarohatlangach, oktabr oyi boshida Chempionlar ligasi doirasida TsSKAga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda «Real»ning boshqa yetakchilari - Isko, Marselo va Karvaxal ham jarohat tufayli safdan chiqqan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025